Tug`ilgan kuningiz muborak Ravshan Irmatov!

Bugun O`zbek sportining yorqin vakili, futboll bo`yicha Osiyoning eng yaxshi hakami Irmatov Ravshan Sayfutdinovich o`z tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Ravshan Irmatov1977 yil 9 avgustda tavallud topgan. FIFA arbitri, futboldan jahon chempionatlarida hakamlik bo`yicha rekordchi.

Hamyurtimiz JAR-2010da 5ta, Braziliya-2014da 4ta va Rossiyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida 2ta uchrashuv (jami 11ta oʻyin) oʻtkazgan. Shuningdek, u klublar o‘rtasidagi jahon chempionati, Osiyo kubogi va Osiyo chempionlar ligasi o‘yinlari hamda boshqa ko‘plab nufuzli musobaqalarda hakamlik qilgan. 2015 yilda u dunyoning eng yaxshi hakami deb topildi. Xizmatlari uchun “Buyuk xizmatlari uchun” va “El-yurt xurmati” ordenlari, “O‘zbekiston iftixori” faxriy unvoni bilan taqdirlangan. Hozirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va O‘zbekiston futbol assosiasiyasi birinchi vitse-prezidenti hisoblanadi.

O`zbekiston » Rowing & Canoe» rahbariyati va hodimlari Ravshan Irmatovni tug`ilgan kuni bilan chin yurakdan qutlaydi, unga sog`liq salomatlik, sog`liq salomatlik va omad tilaydi.

1 Звезда2 Звезды
(Пока оценок нет)
Loading...


Email manzilingiz chop etilmaydi.