Yoshlar siyosati va sport vazirligi O‘zbekiston eshkak eshish va kanoe federatsiyasi faoliyati bilan tanishshishdi

Kuni kecha Yoshlar siyosati va sport vazirligida O‘zbekiston eshkak eshish va kanoe federatsiyasi tomonidan 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar, 2023-yilda rejalashtirilgan ishlar sarhisob qilindi. Federatsiya vakillari dastlab joriy yil uchun ishlab chiqilgan ustuvor rejalar, 2023 yilgi Osiyo o‘yinlari, shuningdek, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadigan asosiy va zaxira jamoalar va kutilayotgan natijalarni muhokama qildi. Shuningdek, tayyorgarlik doirasida tashkil etilgan mahalliy va xalqaro uchrashuvlar, tanlovlar haqida fikr almashildi.