Bugun kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 8 karra jahon chempioni, ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo'yicha milliy terma jamoamiz murabbiyi Viktor Reneyskiy o‘z tavallud ayyomini nishonlamoqda. O'zbekiston "ROWING & CANOE” federatsiyasi Viktor Iosifovichni tug'ilgan kuni bilan tabriklab, ularga sog‘lik-salomatlik, kuch-quvvat, g‘ayrat, matonat va muvoffaqiyat tilaydi. Kelajakda shogirdlaringiz erishadigan yutuqlar sizning mehnatingiz samarasi bo‘ladi. Yangi Olimpiya siklida sizga omad yor bo‘lsin! Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin!