Osiyo oʻyinlari 2022. Akademik eshkak eshish

Erta tongda yaxshi xabar! Eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zining ilk medalini qo‘lga kiritdi. Engil vazn toifasida xotin-qizlar o‘rtasidagi musobaqaning juftlik bahslarida ishtirok etgan Luiza Islomova va Malika Toshmatova marraga ikkinchi bo‘lib, kumush medal bilan taqdirlandi.