2024 yilgi Olimpiya o'yinlari emblemasi. Gerb kumush va oltin ranglarda ishlangan bo‘lib, uchta ramzdan iborat. Logotip ichida Olimpiya alangasi joylashgan oltin medalga o‘xshaydi. Shuningdek, unda Fransiya Respublikasi ramzi Mariannaning yuz xususiyatlari tasvirlangan. Tashkilotchilarning so‘zlariga ko‘ra, medal sportni, olov Olimpiya harakatini, Marianna esa Fransiyani anglatadi. Qayd etilishicha, gerb tarixda birinchi marta Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari uchun umumiy bo‘ladi. O‘yinlar 26 iyuldan 11 avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlari esa 28 avgustdan 8 sentyabrgacha bo‘lib o‘tadi.