Tuyabug‘uz qishlog‘ida (Toshkent dengizi) kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 14 yoshgacha, 16 yoshgacha, 18 yoshgacha va 23 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida respublika birinchiligi boshlandi. Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan 400 nafardan ortiq sportchi chempionlik uchun kurash olib bormoqda. Tanlov 18 aprelga qadar davom etadi.