Tuyabug‘uz qishlog‘i yaqinida joylashgan Toshkent dengizida eshkak eshish bo‘yicha 23 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati boshlandi. Musobaqada respublikamizning barcha viloyatlaridan 400 nafar sportchi, jumladan, 260 nafar o‘g‘il va 140 nafar qiz chempionlik uchun kurash olib bormoqda. O‘zbekiston chempionati 4 aprelga qadar davom etadi.