Pattayadan xushxabar! Slalomda eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionatining so‘nggi kunida hamyurtlarimiz ikkita medalni qo‘lga kiritdi. K-1 toifasida Doniyor Islomov oltin, C1 toifasida Abubakir Bukanov kumush medalni qo‘lga kiritdi. Barchani g'alaba bilan tabriklayman! Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionatini 3 ta oltin, 3 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. Qaytgandan so‘ng slalomchilarimiz Chexiyada bo‘lib o‘tadigan litsenzion kross-slalomchi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rishadi.