“CHEMPIONLAR” ruknining navbatdagi qahramoni, eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Osiyo o‘yinlari g‘olibi Mehrojbek Mamatqulov! Mehrojbek 2002-yil 10-yanvarda Sirdaryo viloyatining Boyaut tumanida tug‘ilgan. U bu sport turi bilan 17 yoshida shug‘ullana boshlagan. Kitob o'qish va musiqa tinglashni yaxshi ko'radi. Mehrojbek Mamatqulovning sportdagi yutuqlari: 2019: Italiya regatasi – bronza Osiyo chempionati – oltin Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati – oltin va kumush. 2020 yil: 19 yoshgacha bo'lgan eshkak eshish bo'yicha jahon chempionati - kumush 2021: Osiyo chempionati - Oltin 2022: Moskva Regatasi - kumush Osiyo chempionati - Kumush 2023: Litva ochiq chempionati - oltin (23 yoshgacha), kumush va bronza. Osiyo o'yinlari - 2 kumush Mehrojbekning maqsadi Olimpiya o'yinlari litsenziyasini qo'lga kiritish va 2024 yilda Parijda bo'lib o'tadigan o'yinlarda yaxshi natija ko'rsatish! Mehrojbek, yangi marralarni zabt etishda davom etinglar!