Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin 2024-yilgi yozgi Olimpiada o‘yinlarining ochilish marosimiga tashrif buyurishi mumkin bo‘lgan tomoshabinlar soni yana qisqarishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda AFP. 2024-yil 26-iyulga belgilangan Parijdagi marosimga 300 mingga yaqin kishi guvoh bo‘lishi mumkin bo‘ladi. "Biz Sena daryosining pastki qirg'oqlarida joylashgan tribunalarda 100 ming kishi joylashishini kutmoqdamiz, yana 220 ming kishi yuqori qirg'oqlarda o'tirishi mumkin", dedi Darmanin. Ta'kidlash joizki, dastlab tashkilotchilar tadbirga 600 mingga yaqin odam kelishini kutgan bo'lsalar, o'tgan yilning oktabr oyida bu ko'rsatkich 400 ming kishiga tushib ketdi, 2024 yilgi Olimpiya o'yinlari Parijda 26 iyuldan 11 avgustgacha bo'lib o'tadi.