Navbatdagi chempionimiz bilan tanishing! Xalmurzayev Shahboz Ibrohim o‘g‘li, eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi, Rio-2016, Tokio-2022 Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi. 1996-yil 26-fevralda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. 2019-yilda sportdagi yorqin yutuqlari uchun Mard o‘g‘loni nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan. Uning sevimli mashg'uloti basketbol. Ehtimol, kelajakda uning o'g'li Imron ota izidan borib, hayotini eshkak eshish bilan bog'laydi. Shahboz Xalmurzayevning sportdagi yutuqlari: Osiyo chempionati U18 - kumush 2014 Osiyo o‘yinlari oltini 2018 (M2x) Osiyo chempionati 2019 oltin (M4x), kumush (M1x) Osiyo chempionati 2021, 2 oltin (M1x+M4x Osiyo chempionati, kumush2) (M4x) Osiyo o'yinlari 2023 2 kumush (M2x+M4x). Sportchimizning asosiy maqsadi Parij Olimpiadasida qatnashish va sovrindorlar qatoridan joy olish!