Baydarka va kanoeda eshkak eshish vakillari ham yirik musobaqalarda qatnashib, yurtimiz sharafini munosib himoya qildi. Vadim Menkovning izdoshi Artur Guliyev nimalarga qodir ekanligini jahon sahnasida isbotladi. Xanchjoudagi Osiyo o‘yinlarida Nurislom To‘xtasin o‘g‘li va Shohmurod Xolmurodova dueti ham eng yaxshi natijani ko‘rsatdi. Segeddagi jahon chempionati - 1 ta oltin Duysburgdagi jahon chempionati - 1 ta oltin Barnauldagi (Rossiya) Oltoy regattasida aka-uka Ageevlar va Olimpiya chempionlari Yuriy Postrigay va Aleksandr Dyachenkolar - 1 ta bronza medali. Xanchjoudagi XIX Osiyo o‘yinlarida – jami 6 ta medal, 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza. 2024-yilda sportchilarimizni muhim musobaqalar – 2024-yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan litsenziyalangan Osiyo chempionati kutib turibdi. Kanoeda eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasiga omad tilaymiz!