7 yanvar kuni Toshkent shahrida Anxo‘ra qirg‘og‘ida kanoeda eshkak eshish va ko‘pkurash bo‘yicha Kubokning uchinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi va unda shahardagi barcha sport maktablaridan 90 nafardan ortiq yosh sportchilar ishtirok etdi. Bu musobaqalar 18 yildan beri eshkak eshuvchilarning intizomi va chidamliligini sinash maqsadida o‘tkazib kelinmoqda. Final musobaqasi 2024-yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadi.