Eshkak eshish bo‘yicha 18 yoshgacha va 23 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati doirasida 500 metrga yugurish bo‘yicha murabbiylar o‘rtasida “Master Regata” musobaqasi tashkil etildi. 5 davlatdan kelgan ishtirokchilar start chizig'iga chiqishdi. Jamoamiz murabbiylari Farruh Astanov va Shuhrat G‘aniyev munosib o‘yin ko‘rsatib, eng yuqori pog‘onaga ko‘tarilishdi.