Eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi o‘zaro xalqaro yig‘in o‘tkazmoqda

Turkiyaning Dalaman shahrida bo'lib o'tayotgan mashg'ulotlarda 13 nafar sportchi qatnashmoqda. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari 2024-yil aprel oyida bo‘lib o‘tadigan Litsenziyalash bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning asosiy bosqichi hisoblanadi. Jamoa murabbiylar shtabi sportchilarimizning jismoniy tayyorgarligi, texnikasini oshirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Terma jamosida: Alisher Turdiev, Davrjon Davronovich, Shexroz Hakimov, Dilshod Xudoyberdiev,  Fazliddin Karimov, Mehroy Mamatqulov, Shahboz Xolmurzaev, Anna Prakaten, Evgeniy Agafonov, Malika Tagmatova, Luiza Islomova, Sobir Safaraliev, Shahzod Nurmatov.