Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Respublika ochiq turniri – 2023 yil

5-7 dekabr kunlari Respublika ochiq turniri boʻlib oʻtadi va unda mamlakatimizning turli viloyatlari, shuningdek, Tojikiston, Qozogʻiston va Belarus sportchilari ishtirok etadi. Qishki musobaqa doirasida 230 ga yaqin baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha sportchilar uzoq masofalarga o‘z mahoratini sinovdan o‘tkazadi.