20 noyabr – 3 dekabr kunlari eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasining 9 nafar eshkak eshuvchisi Trakay (Litva) shahrida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro yig‘inda ishtirok etmoqda. Ushbu o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari litsenziyalash bo‘yicha Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning muhim bosqichi hisoblanadi. Murabbiylar Sergey Tyan va Tolib Isaboyevlar sportchilarimizning jismoniy tayyorgarligi, texnikasini yanada yuksaltirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Eshkak eshuvchilarimizning asosiy maqsadi Parijdagi Olimpiada! Terma jamoa azolari: Alisher Turdiev, Davron Davronov, Shoxruh Hakimov, Dilshod Xudayberdiev, Fazliddin Karimov, Anna Prokatenya, Evgeniy Agafonov, Malika Tashmatova, Luiza Islomova Murabbiylar: Sergey Chan Tolib Isaboev