Osiyo chempionati - 2025 sarhisobi.

Vyetnam ilk marotaba akademik eshkak eshish bo‘yicha 2025-yildagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi. Ushbu start 11-oktabrdan 19-oktabrgacha Xayfon shahridagi eshkak eshish sporti markazida bo‘lib o‘tdi. Qit’a chempionatida 18 ta mamlakatdan 232 nafar sportchi shulardan, 135 erkak sportchi 20 ta va 97 nafar ayol atletlar ham 20 ta musobaqada ishtirok etishdi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi esa katta tarkib bilan chempionatga tayyorgarlik ko‘rdi. Ushbu startdan avval har bir akademik eshkak eshuvchimiz turli darajadagi xalqaro startlarda ham qatnashib, sovrinli o‘rinlarni egallashgan edi. (jahon chempionati, jahon kubogi, yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati va xalqaro turnirlar). Quvonarlisi, Kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatida hech bir sportchimiz medalsiz qolmadi. Musobaqaning ilk kunida ilk medalni Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Shahzod Nurmatov (LM1x) yakkalik dasturida kumush medalini terma jamoamizga taqdim etdi.  Qizlarimiz ham ortda qolishni istashmadi, o‘tgan yilgi Osiyo chempionatida chiroyli duetni yaratgan murabbiylarimiz bu safar ham xuddi shu qaror bilan ish ko‘rishdi, Malika Tagmatova va Anna Prakaten (W2x), ularni opa-singillar desak adashmaymiz, chiroyli qizlardan chiroyli oltin! Malika esa 10 yil deganda Osiyo chempionatining oltiniga erishdi. Ikki qoraqalpog‘istonlik dugonalar juftligi - Rayhona Sattarova va Aydana Smetullayeva (W2-) jahonda ham kumush, Osiyoda ham kumush. Barakalla dugonalar! To‘rt og‘ayni botirlar - Boburjon Muhiddinov, Jamalbek Turgunov, Mexrojbek Mamatkulov, Shahboz Xolmurzayev (M4x) ulardan ham kumush medalni qabul qildik! O‘zbek o‘g‘lonlari - Sobirjon Safaroliyev/Ozodjon Mamatov (LM2x) charchoq bilmas yigitlardan Osiyoning navbatdagi kumush medali bizniki bo‘ldi. Chempionlikni begona qiishni istamagan M8+ ekipajimiz - Shehroz Hakimov, Shuhrat Shodiyev, Obidjon Jo‘raqulov, Shahriyor Hamdamov, Fazliddin Karimov, Dilshodjon Hudoyberdiyev, Davrjon Davronov, Alisher Turdiyev, Farruh Oblaqulov – oltin! O‘zbekcha g‘alaba! Navbat musobaqaining ikkinchi kuniga ham yetib keldi! Dilshodjon Xudoyberdiyev va Fazliddin Karimov (M2-) oltinsiz qaytmaymiz deb so‘z bergan ikki og‘ayni botirlar ushbu Osiyo startining ikki oltinini uyga olib ketishdi. Murabbiylaringizga rahmat! Akalar izidan ukalar ortda qolishni istamagan - Shahriyor Hamdamov/Obidjon Jo‘raqulov (LM2 –) tandemidan ham oltin bizniki bo'ldi! G‘alabalaringiz doimo bardavom bo‘lsin! Qit’a birinchiligining bronza medallarini esa to‘rt kishilik ekipajlarimiz a’zolari tomonidan qo‘lga kiritildi. (LM4x) Sobirjon Safaroliyev, Shahzod Nurmatov, Ozodjon Mamatov, Firdavs Mahkamov shuningdek, (LM4-) Daler Ashurov, Shehroz Hakimov, Muhammadali Jo‘raqulov, Anvarjon Karimov – bronza medallari. Sizlar Temurbeklar avlodi vakillarisiz! Avvalo har bir sportchimizni tayyorlagan murabbiylariga minnatdorchilik bildiramiz. Sizning mehnatingiz biz uchun qadrlidir aziz ustoz va murabbiylar! Shu tariqa, akademik eshkak eshish bo‘yicha joriy yildagi Osiyo chempionatini 4 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladik. G‘alabalar bardavom bo‘lsin!