2022-yil Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan 19-Yozgi Osiyo o‘yinlariga qator xalqaro federatsiyalar rahbariyati ham tashrif buyurdi. O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov Xalqaro kanoe federatsiyasi prezidenti Tomas Koneski bilan uchrashib, uzoq muddatli rejalarni muhokama qildi. Yig‘ilishda Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov hamda O‘zbekiston eshkak eshish va kanoeda eshkak eshish federatsiyasi raisi o‘rinbosari Tatyana Mamatqulovalar ham ishtirok etishdi. Uchrashuv avvalida Tomas Konetskiy Adham Ilhomovichni o‘zbekistonlik sportchilar, xususan, kanoeda eshkak eshishchilarning joriy Osiyo o‘yinlaridagi muvaffaqiyatli ishtiroki bilan tabriklab, ushbu sport turi bo‘yicha hamyurtlarimiz erishayotgan yuksak natijalarni alohida ta’kidladi. O‘z navbatida, Yoshlar siyosati va sport vaziri sportning har bir turida yuksak natijalar qayd etilayotgani davlatimiz tomonidan sportga qaratilayotgan ulkan e’tiborning yorqin namunasi ekanini alohida ta’kidladi. Suhbat chog‘ida mamlakatimizda ko‘plab xalqaro musobaqalarni o‘tkazish masalasi ham muhokama qilindi. Xorijlik mutaxassis Samarqanddagi to‘liq rekonstruksiya qilingan Grebnoy kanali imkoniyatlarini yuqori baholadi. Qolaversa, bu yerda o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yuqori saviyada tashkil etilganini alohida ta’kidladi. Xalqaro federatsiya bayrog‘i ostida jahon miqyosidagi nufuzli turnirlarni o‘tkazish masalasi ham muhokama qilinib, hamkorlikning yangi istiqbollari muhokama qilindi.