3-oktabr kuni Xitoyning Xanchjou shahridagi O‘zbekiston sport delegatsiyasining tezkor qarorgohida Osiyo o‘yinlarida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilarimizga esdalik sovg‘alari topshirildi. Taqdirlash marosimida yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov, Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Aybek Qosimov, Milliy olimpiya qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sherzod Toshmatov, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov, O‘zbekiston boks federatsiyasi vakillari ishtirok etdi. Tadbirda sport sohasi vakillari ham ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar sportchilarimizga ana shunday ko‘tarinki kayfiyat va xalqaro maydonlarda yangi g‘alabalarni qo‘lga kiritishda omad tiladilar.