Shu kuni erta tongda eshkak eshish bo‘yicha slalom bo‘yicha saralash bahslari boshlanib, unda sportchilarimiz ishtirok etgan bo‘lsa, Anvar Klevleev 92,44 natija bilan 13 nafar sportchi orasida birinchi, Alibek Temirgaliev 96,48 natija bilan yettinchi bo‘ldi. Ertaga Anvar Klevleev yarim finalda ishtirok etsa, kechki dastur startida Alibek Temirgaliev o'z imkoniyatlarini sinovdan o'tkazadi.