2022 yilgi Osiyo o'yinlari

Eshkak eshish va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini ancha yuqori saviyada yakunladi. Mahalliy sportchilar 6 ta medal – 1 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida uchinchi o‘rinni egalladi.