2022 yilgi Osiyo o'yinlari

Kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi o‘zi ishtirok etgan dasturning barcha turlari bo‘yicha finalga chiqdi. Baydarkachilarning 500 metr masofaga ayollar o‘rtasidagi yarim final poygasida Madinaxon Ashrafxonova marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va finalchilardan biriga aylandi. SHu tariqa, 2-3 oktyabr kunlari mamlakatimiz sportchilari 12 turdagi dastur bo'yicha sovrinlar uchun kurash olib boradi.