O‘zbekistonlik baydarkachilarning erkaklar juftligi ham muvaffaqiyatli boshladi va 500 metr masofaga final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Denis Onufriev va Ozojon Amriddinov 1:38.285 natija bilan saralash bosqichida uchinchi o‘rinni egalladi va finalga yo‘l oldi.