Barnaul shahrida (Rossiya) bo‘lib o‘tgan “Oltoy regattasi – aka-uka Ageyevlar kubogi va Olimpiya chempionlari Yuriy Postrigay va Aleksandr Dyachenko” xalqaro musobaqasining so‘nggi kunida C2 4x200 m estafeta bahslarida hamyurtimiz Elyor Mamadaliyev Bolgariyalik kanoechi Miroslav Kirchev bilan ekipaj, Belarusiya vakillari Yuliya Trushkina va Mariya Kovalenkodan iborat juftlik ayollar jamoasi bronza medalini qo'lga kiritdi. Sportchilarni medallari bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz va ularga katta sahnalarda keyingi zafarlar tilab qolamiz!!!