Slalom boyicha eshkak eshish jahon chempionati

Bugun, 19-sentabr kuni Londonda (Buyuk Britaniya) slalomda eshkak eshish bo‘yicha litsenziyalangan jahon chempionati start oladi. Har bir yo'nalish bo'yicha eng yaxshi eshkak eshishchilar Parij-2024da ishtirok etish uchun kvotalar oladi. Li vodiysida 50 davlatdan 300 nafar eng yaxshi sportchi, jumladan, 2024 yilgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston nomidan qatnashish huquqi uchun kurashadigan bizning sportchilarimiz ham ishtirok etadi. O‘zbekiston terma jamoasida C1: Anvar Klevleev, Alibek Temirgaliev, Abubakir Bukanov; K1: Jonibek Temirgaliev. Murabbiylar: Pavel Smirnov, Izzatilla Rahmatullaev. Musobaqa 24 sentyabrga qadar davom etadi. Sportchilarimizga omad tilab qolamiz!!!