Oradan roppa-rosa 10 kundan so‘ng Xitoyda “Xanchjou-2022” XIX yozgi Osiyo o‘yinlari boshlanadi! Bo‘lajak musobaqalarda O‘zbekiston delegatsiyasini sportning 30 dan ortiq turi bo‘yicha 350 nafardan ortiq sportchi himoya qiladi, ular orasida eshkak eshuvchilarimiz ham ishtirok etadi. Eslatib o‘tamiz, Xanchjou (Xitoy) shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida 46 davlatdan 11 mingdan ortiq sportchi sportning 59 turi bo‘yicha jami 479 ta medal uchun kurash olib boradi. Har bir sportchi o‘z yurtiga oltin medalni qo‘lga kiritishni istaydi va bunga hozirlik ko‘radi. Umid qilamizki, sportchilarimiz o‘zlarining eng yaxshi natijalarini ko‘rsata oladilar, O‘zbekiston terma jamoasi esa munosib darajada o‘ynaydi. Barcha sportchilarga omad tilab qolamiz!!!