Poytaxtimizda Dopingga qarshi viloyat agentligining hisobot yig‘ilishi boshlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 8-maydagi “O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi faoliyatini ma’muriy islohotlar doirasida samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-149-son Farmoniga asosan ,” O‘zbekiston Respublikasi Milliy antidoping agentligi tomonidan 13-14 sentabr kunlari Toshkent shahrida (RADOCA) mintaqaviy antidoping agentligining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Bugun ushbu tadbirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Uni Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromov kirish so‘zi bilan ochdi. O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sodiqov uchrashuv ishtirokchilarini yurtimizda qutlayotganidan xursand ekanligini ta’kidladi. Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov va Butunjahon antidoping agentligi (JADA) bosh direktori E.Lukotsiute ham tadbir haqida iliq fikrlar bildirdi. Shundan so‘ng sessiya o‘z ishini boshladi. Yig‘ilish doirasida Butunjahon antidoping agentligi mutaxassislari bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi xodimlari hamda Qozog‘iston va Mo‘g‘ulistondan kelgan mehmonlar uchun treninglar o‘tkazmoqda.