Xaitmurod Sherg‘oziyev ham 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlariga litsenziyani qo‘lga kiritdi. Duysburg (Germaniya) shahrida o‘tkazilayotgan parakanoe bo‘yicha jahon chempionatining so‘nggi kunida hamyurtimiz Xaytmurod Sherg‘oziyev 200 metrga VL3 toifasida 49,185 ball bilan 4-o‘rinni egallab, 2024-yilda Parijda bo‘ladigan yozgi Paralimpiya o‘yinlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.