Eshkak eshish va kanoe bo'yicha jahon chempionati. Duysburg - 2023

23-27 avgust kunlari Duysburg shahrida kanoeda eshkak eshish bo‘yicha litsenziyalangan jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Sayyoramizning eng kuchli eshkak eshuvchilari bilan bir qatorda sportchilarimiz 2024-yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish huquqi uchun kurash olib boradi. Terma jamoa aʼzolari: Kanoechilar boʻlimi: Artur Guliyev, Kamronbek Oʻktamov, Gulbahor Fayzieva, Nilufar Shokoka. Kayakchilar bo'limi: Kamila Malaxova, Yuliya Borzova, Yekaterina Shubina, Arina Tanatmisheva.