Sportchilarimizning Italiyadagi yana bir muvaffaqiyatli chiqishlari

Arona shahrida (Italiya) U18 va U23 jahon chempionatlari yakunlanmoqda, unda terma jamoamiz sportchilari yaxshi natijalarga erishmoqda. O'smirlar o'rtasidagi final bahslarida Rustamjon Xolmamadov va Shohsanam Sherzodova bronza medalini qo'lga kiritgan bo'lsa, 23 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi chempionatda Vladlen Denisov va Xonzoda Erkinova ham kumush medal sohibi bo'lishdi.