Oybek Qosimov boshchiligidagi ishchi guruh Farg‘onada safarda bo`lmoqda

O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi Bosh kotibi Oybek Qosimov Farg‘ona viloyatiga xizmat safarida bo‘lgan respublika ishchi guruhi bilan birgalikda olimpiya va paralimpiya sport turlari bo‘yicha viloyat o‘quv markazida bo‘ldi. Tashrif davomida sport sohasidagi takliflar yuzasidan sayyor qabul o‘tkazilib, viloyatdagi mavjud muammolar o‘rganildi. Aytish joizki, Farg‘ona respublikamizdagi aholi eng zich joylashgan shaharlardan biridir. Yig‘ilishda bu jihatga e’tibor qaratish, sport va mashg‘ulotlar maydonlaridan unumli foydalanish, yoshlarning bu boradagi taklif va istaklarini o‘rganish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Yig‘ilishda sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablarining moddiy-texnik bazasi, yoshlarga qulay sharoit yaratishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar ko‘rib chiqilib, mahalliy aholining e’tirozlari va boshqa bir qator masalalar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida Oybek Qosimov viloyat sport boshqarmasi rahbarlariga bugungi kun talablarini chuqur tahlil qilgan holda kelgusida ish rejasini tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar berdi.