Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz faxriylari, aziz vatandoshlar! Eshkak eshish va kanoeda eshkak eshish federatsiyasi rahbariyati sizlarni mamlakatimiz hayotidagi muhim sana – Vatan himoyachilari kuni, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi bilan samimiy tabriklaydi. Sizga mardonavor xizmat va jasur xarakter, mustahkam do'stlik va jasoratli harakatlar, katta fidoyilik va omad, ishonchli baxt va samimiy mehr tilaymiz.