Tug'ilgan kuningiz bilan Karimov Fazliddin!

Eshkak eshish milliy terma jamoasi azosi Karimov Fazliddin bugun tavallud ayyomini nishonlamoqda. Eshkak eshish va kanoeda eshkak eshish federatsiyasi rahbariyati Fazliddin Karimovni tavallud ayyomi bilan chin yurakdan tabriklaydi va unga barcha ezgu tilaklarni bildiradi. Butun hayotingiz baxt, sog'lik va yangi sport yutuqlariga to'la bo'lsin, har kuni quvonch va ijobiylik olib kelsin. Hech qachon erishgan yutuqlaringiz bilan cheklanib qolmaslikni va doimo yangi muvaffaqiyatlar sari intilishingizni tilab qolamiz.