Eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zosi, jahon chempionati kumush medali sovrindori, ko‘p karra chempion va Osiyo chempionati sovrindori Mehroja Mamatqulov bugun o‘zining tug‘ilgan kunini nishonlamoqda. Eshkak eshish va kanoe federatsiyasi rahbariyati Mehro‘jni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga chin dildan ezgu tilaklarni bildiradi. Butun hayotingiz baxt, sog'lik va yangi sport yutuqlariga to'la bo'lsin, har kuni quvonch va ijobiylik olib kelsin. Hech qachon erishgan yutuqlaringiz bilan cheklanib qolmaslikni va doimo yangi muvaffaqiyatlar sari intilishingizni tilab qolamiz.