14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33 yilligi barchaga muborak bo‘lsin!

Vatan himoyasi muqaddas burchdir. Binobarin, mamlakatimizda hayotini ana shunday ulug‘vor va mardonavor ishga bag‘ishlagan harbiy xizmatchilarimizga cheksiz hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda. 14-yanvar ana shu sharafli kasb sohiblari, chinakam Vatan himoyachilari bayramidir. O‘zbekiston “ROWING & CANOE” federatsiyasi harbiylarimizning xalqimiz tinchligi va osoyishtaligini ta’minlashdagi xizmatlarini yuksak qadrlaydi va ularga oilaviy farovonlik, ko‘tarinki ruh va sihat-salomatlik tilaydi.  Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, jonajon O‘zbekistonimiz omon boʼlsin!