9-avgustdan baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslariga start berildi.



Musobaqada respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli va yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etmoqda. Mazkur musobaqa nafaqat yosh eshkak eshuvchilar uchun o‘z imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazish, balki murabbiylar uchun shogirdlarining navbatdagi muhim turnirlarga qay darajada tayyor ekanliklarini baholash imkonini ham beradi.

Keskin va murosasiz bahslarga boy kechayotgan O‘zbekiston kubogi 12-avgustga qadar davom etadi. Keyin esa o’smirlar o’rtasidagi Respublika kubogi boshlanadi.