Akademik eshkak eshish bo‘yicha milliy terma jamoamiz a’zolari muhim musobaqalarga xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida tayyorgarlik ko‘rishmoqda.

Shu kunlarda Litva davlatining Trakay shahrida o‘tkazilayotgan yig‘inga 6 nafar akdemik eshkak eshuvchimiz jalb etilgan. Mashg‘ulotlar jahon kubogiga tayyorgarlikning asosiy bosqichlaridan biridir. Yig‘inda murabbiylarimiz – Farruh Oblakulov hamda Tolib Isaboyev atletlarning jismoniy tayyorgarligi, tezlik, mahorat va texnik harakatlarini kuchaytirishga ko‘proq e’tibor qaratmoqda. Terma jamoa tarkibi:  Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshodjon Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov, Mexrоjbek Mamatkulov, Anna Prakaten.