O‘zbekistonda ilk bor Markaziy Osiyo gavhari bo‘lmish qadimiy Samarqand shahrida o‘tkaziladigan akademik eshkak eshish bo‘yicha Osiyo chempionati mamlakatimiz uchun ham, qit’ada eshkak eshish sportini rivojlantirishda ham muhim voqea hisoblanadi. Ushbu musobaqa turli mamlakatlardan ko'plab mehmonlarni, jumladan, sportchilar, murabbiylar, jurnalistlar va sport muxlislarini jalb qiladi. Eshkak eshish kanalida yirik xalqaro musobaqalarning o‘tkazilishi Samarqand shahri va butun mamlakatimizning sayyohlik salohiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. O’zbekiston milliy terma jamoasini qo‘llab-quvvatlang! Barchangizni 10-14-oktyabr kunlari Samarqandga taklif etamiz!