Akademik eshkak eshish bo'yicha Osiyo chempionati Samarqand-2024

Akademik eshkak eshish boʻyicha Osiyo chempionatining ikkinchi kunida o‘tgan barcha saralash bahslarida startga chiqqan 9 ekipajdagi vatandoshlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, A finaliga yoʻllanma olishdi. Endi milliy terma jamoamiz vakillari 12-13-oktyabr kunlari dasturidan oʻrin olgan poygalarda medallar uchun kurash olib borishadi. Eslatib o'tamiz, Samarqand shahridagi Osiyo chempionati 13-oktyabr kuni yakunlanadi.