Mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari 21-25-mart kunlari Gresiya davlatining Afina shahrida bo'lib o'tgan Evalution Hellenic Regatte-2025 ochiq turnirida medallarga ega chiqishdi. To'rt kishilik ekipajda (M4-) - Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov, Dilshod Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov oltin. Ikki kishilik ekipajda (M2-) - Dilshod Xudoyberdiyev, Fazliddin Karimov kumush. Bir kishilik ekipajda (W1x) - Anna Prakaten va (M1x) Jamol Turg'unov kumush. Ikki kishilik ekipajda (M2-) - Alisher Turdiyev, Davrjon Davronov bronza.