Akademik eshkak eshish bo’yicha U19, U23 Osiyo chempionati

Xitoyning Shenyan shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha o‘tkazilgan U19, U23 Osiyo chempionatining so‘nggi kunidagi final bahslarida mamlakatimiz terma jamoasi a’zolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi. (U19) M2-: Daler Ashurov/Bobomurod Pardayev. (U19) М2х: Jamalbek Turgunov/Bobur Muhiddinov. (U23) M1x: Mexroj Mamatkulov. (U23) M4x: Mexroj Mamatkulov, Sobir Safaroliyev, Samir Razikov, Samandar Hamrakulov. Shu tariqa mamlakatimiz terma jamoalari Qit’a birinchiligini 3 ta oltin, 3 ta kumush hamda 4 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Umumjamoa hisobida O‘zbekiston terma jamoasi Xitoydan so'ng ikkinchi, Eron jamoasi esa uchinchi o‘rinni egalladi.