Akademik eshkak eshuvchilar hamda baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarimiz navbatdagi xalqaro musobaqada ishtirok etishmoqda.

Har yili Ozarbayjonning Mingachevir shahrida an’anaviy tarza o‘tkaziladigan Prezident cup – 2025 xalqaro regatasi bo‘lib o‘tmoqda. Joriy yildagi musobaqada Yevropa, Osiyo, Afrikaning 20 ta davlatidan tashrif buyurgan 200 dan ziyod eshkak eshuvchilar orasida mamlakatimiz sharafini himoya qiladigan 8 nafar sportchimiz ham ishtirok etmoqda.    Akademik eshkak eshuvchilarmiz: Sarvar Mamarasulov, Laziz Qo‘chqarov, Akmal Yuldashev, Elbek To'raqulov. Murabbiy: Luiza Gafurbayeva.  Ma'lumot uchun akademik eshkak eshish bo'yicha murabbiy Luiza G'afurbayeva 3-6 may kunlari Boku shahrida va 6-9 may kunlari Istambul shahrida bo'lib o'tadigan xalqaro seminarlarda qatnashadi.   Baydarka va kanoeda eshkak eshuvchilarmiz: Danil Kryukov, Maksim Ivliyev, Zafar Baxtiyorov, Bexruz Ergashev. Murabbiy: Sherzod Abduraxmonov.     Prezident cup – 2025 xalqaro regatasi 2-may kuni yakunlanadi.