Akademik eshkak eshish bo’yicha O’zbekiston milliy terma jamoasi Vlodivostok regatasida ishtirok etdi. Ushbu xalqaro musobaqada 13 davlat jumladan, O’zbekiston, Xitoy, Kuba, Eron, Qozog’iston, Belarus va Rossiya federatsiyasi vakillari bahs olib borishdi. Quvonarlisi, Parij Olimpiadasi ishtirokchisi Sobir Safaroliyev yakkalik bellashuvlarda bronza medalini qo’lga kiritdi. Ayni vaqtda terma jamoamiz vakillari ona yurtga qaytishgan va bir necha kundan so’ng mashg’ulotlarga kirishadilar.