Niderlandiyaning Amsterdam shahrida 24–30-avgust kunlari mashhur Bosbaan kanali akademik eshkak eshish bo‘yicha Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi. O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari aynan shu nufuzli musobaqa hamda Yaponiyaning Ayti, Nagoya shaharlarida kelgusi Osiyo o‘yinlariga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida Litvada va Gretsiyaning Afina shaharlarida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarida ishtirok etmoqda. Mashg‘ulotlar davomida texnika, taktika va tezlik ko‘rsatkichlarini yanada takomillashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Terma jamoamiz tarkibi quyidagicha:
Alisher Turdiyev
Davrjon Davronov
Fazliddin Karimov
Dilshod Xudoyberdiyev
Shahzod Nurmatov
Sobirjon Safaroliyev
Anna Aksyonova
Mariya Sergeeva
Shexroz Xakimov
Firdavs Axunov
Mexrojbek Mamatkulov
Shaxboz Holmurzayev
Jamalbek Turgunov
Gleb Fyodorov
Pavel Sorin
Maksim Golubev
Anna Prakaten