Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga 8 nafar sportchimiz jalb etilgan bo‘lib, ular 2025-yilning muhim startlari - mart oyida Tailandda ICF ranking reyting turniri, U20 va U23 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati, shuningdek, jahon kubogi bosqichlariga o‘z tayyorgarliklarini olib borishmoqda. Ushbu yig‘inda 10 ga yaqin boshqa davlat terma jamoalari ham qatnashmoqda. Xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini 24-fevralga qadar davom etadi. Slalomda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi: Shahobiddin Boltaboyev, Anvar Klevleev, Samandar Saydullayev, Doniyor Islomov, Jаnibek Temirgaliyev, Hayotbek Abdullayev, Abubakir Bukanov, Dostonbek Jumaboyev. Murabbiylar: Izzatilla Rahmatullayev, Alibek Temirgaliyev.