Kuni kecha poytaxtimizdagi Anhor kanalida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan ko‘pkurash kubogining so‘nggi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Musobaqada, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011-yillarda tavallud topgan va kichik yoshdagi 140 nafarga yaqin baydarka va kanoechilar g'oliblik uchun bahs olib borishdi. Ko‘pkurash kubogining barcha bosqichlarida qatnashgan shijoatli yoshlarimiz kelgusida xalqaro maydonlarda ham yuqori natijalarga ega bo‘lishadi deb umid qilamiz. Ma’lumot uchun baydarka va kanoeda eshkak eshishning marafon masofalari bo‘yicha kattalar va yoshlar o‘rtasidagi navbatdagi O'zbekiston chempionati fevral oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.