Poytaxtimizdagi Anhor kanalida ananviy tarzda o‘tkaziladigan ko‘pkurash kubogining 2-bosqichi tashkil etildi. Ushbu musobaqada, 2007, 2008, 2009, 2010, 2011-yillarda tavallud topgan va kichik yoshdagi 100 nafarga yaqin baydarka va kanoechilar o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Jasoratli va navqiron sportchilar yomg‘ir yog‘ishiga qaramay shiddatli bellashuvlarni tashkil etishdi. Bu kabi musobaqalar 2025-yilda malakatimiz mezbonligida o‘tkaziladigan yoshlar o‘rtsidagi Osiyo o‘yinlariga saralash bosqichi bo‘lib xizmat qilmoqda. O‘smir yoshdagi o‘g‘il va qiz sportchilarni qo‘llab-quvvatlash uchun esa ularning murabbiylari, ota-onalari va do‘stlari tashrif buyurdi. Ma’lumot uchun ko‘pkurash kubogining 3-bosqichi yanvar oyining birinchi haftasida o‘tkaziladi.