Oʻzbekiston baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻyicha terma jamoasining zaldagi mashgʻulot jarayoni sportchilarning har tomonlama jismoniy tayyorgarligini taʼminlashga qaratilgan. Mashgʻulotlar davomida kuch, chidamlilikni muvofiqlashtirish hamda maxsus funksional tayyorgarlikni rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratiladi. Jismoniy mashqlar zamonaviy metodikalar asosida, maxsus jihozlardan foydalangan holda va murabbiylar shtabining doimiy nazorati ostida oʻtkazilib, sportchilarni turli darajadagi musobaqalarga samarali tayyorlash imkonini beradi.