Xitoyning Nanchang shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo’yicha Qit’a birinchiligi o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu musobaqada yurtimiz sharafini 16 nafar baydarka va kanoechilarimiz himoya qilishdi. Ulardan 9 nafari shohsupaga ko‘tarildi. Shuni ham ta’kidlash joizki, ilk katta sport maydonida ishtirok etgan sportchilarimiz ham medallarga ega chiqishdi. 2025-yildagi Osiyo chempionatida medallarga ega chiqqan sportchilarimiz ro‘yxati: (C-2) 1000m Muhammadali Mirismanov/Diyorbek Mamatkulov, (C-1) 500m Muhammadali Mirismanov, (K-1) 500m Arina Tanatmisheva, (K-1) 1000m Oleksandr Zarubin, (С-2) 500m Kamoliddin Rahmatullayev/Azimjon Sotiboldiyev, (C-2) 500m mix Kamoliddin Rahmatullayev/Zarina Rustamova.